Bugun
39
O'zbek

RPL. SSKA safarda «Dinamo Maxachqala»ni mag‘lub etdi

Futbol
17 sentabr, 15:45
    5
Mahammadjonov 90 daqiqa o‘ynadi, avtogol muallifiga aylandi.
RPL. SSKA safarda «Dinamo Maxachqala»ni mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
17.09.2026 FT Rossiya Premer-ligasi Dinamo Makhachkala Dinamo Makhachkala 1 : 3 CSKA Moskva CSKA Moskva

Rossiya Premyer-ligasining 9-turida SSKA klubi safarda Maxachqalaning «Dinamo» jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Unda «armiyachilar» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab Mahmud Mahammadjonov avtogol muallifiga aylandi. 20-daqiqada Agalarov muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘limda esa Luciano va Firov mehmonlarning g‘alaba gollariga mualliflik qildi.

Ushbu bahsda Mahammadjonov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi.

Bu g‘alabadan so‘ng SSKA turnir jadvalida 19 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarildi. Maxachqala jamoasi esa 12 ochko to‘plab, 7-pog‘onada.

Rossiya Premyer-ligasi. 9-tur
Dinamo Maxachqala – SSKA 1:3

Gollar: Agalarov 20 – Mahammadjonov 13 avtogol, Luciano 69, Firov 79.
Dinamo Maxachqala – Magomedov, Kagermazov, Alarkon, Alibekov, Mahammadjonov, Mrezig, Apshatsev (Aleksandrov, 70), Glushakov, Smelov (Xosseynnedjad, 46), Lesovoy (Xubulov, 82, Agalarov (Miro, 78).
SSKA – Torop, Viktor, Danilov, Abdulkadirov (Lukin, 46), Azzi, Krugovoy, Glebov (Firov, 77), Oblyakov, Kislyak, Oleynikov, Musayev (Luciano, 46).
Ogohlantirishlar: Agalarov 44, Alibekov 44 – Abdulkadirov 25, Viktor 44, Besayev 45, Oleynikov 52.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Makhachkala Dinamo Makhachkala
  • CSKA Moskva CSKA Moskva
  • Rossiya Premer-ligasi Rossiya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar