Rossiya Premer-ligasi 8-turida SSKA Moskvada «Rubin»ni qabul qildi. Bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Dastlab Obyakov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 58-daqiqada Arroyya muvozanatni tikladi. 15-daqiqada «armiyachilar» safida Mateus Reys maydondan chetlatildi.
Ushbu bellashuvda Jahongir O‘rozov qozonliklar safida maydonda to‘liq harakat qildi. 90+2-daqiqada sariq kartochka oldi.
Shu tariqa, «Rubin» ochkolari sonini 11 taga yetkazib, 8-o‘rinda bormoqda. SSKA esa 16 ochko bilan 3-pog‘onada.
RPL. 8-tur
SSKA – Rubin 1:1
Gollar: Oblyakov 8 – Arroyya 58
Rubin – Ctaver, Lobov (Samoshnikov, 46), Teslenko, Vujachich (Maldonado, 87), Jahongir O‘rozov, Rozikov, Aroroyya, Hodza, Ivu, Jukich, Sive (Motorin, 74).
RPL. «Rubin» Moskvada 15-daqiqadayoq 10 kishi bo‘lib qolgan SSKA bilan durang o‘ynadi
Futbol
12 sentabr, 15:50
1
Bu bellashuvda Jahongir O‘rozov maydonda 90 daqiqa harakat qildi.
Фото: Getty Images
12.09.2026
FT
Rossiya Premer-ligasi
CSKA Moskva
1
:
1
Rubin Qozon
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi