Live
6
O'zbek

“Andijon” Mahmud Mahamadjonovni RPL klubiga sotganini eʼlon qildi

Futbol
1 sentabr, 13:44
Maxachqalʼaning “Dinamo”si 23 yoshli himoyachi uchun 250 ming dollar toʻladi.
“Andijon” Mahmud Mahamadjonovni RPL klubiga sotganini eʼlon qildi
Foto: Andijon FC

“Andijon”ning 23 yoshli qanot himoyachisi Mahmud Mahamadjonov Rossiya Premyer-ligasi ishtirokchisi — Maxachqalaning “Dinamo” klubiga transfer qilindi. Bu haqda “burgutlar” matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolchining transfer qiymati 250 ming dollarga baholandi.

“Mahmud Mahamadjonov jamoamiz safiga joriy yil boshida qoʻshilgandi. U «Andijon” tarkibida Superligada 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatma amalga oshirdi. Oʻzbekiston Kubogi bahslarida esa 3 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golga assistentlik qildi va muxlislar qalbidan joy egalladi. Umumiy hisobda, “burgutlar” safida oʻtgan vaqt davomida barcha – 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Mahmud Mahamadjonovga jamoamiz safidagi faoliyati uchun minnatdorlik bildiramiz va Rossiya Premyer-ligasidagi yangi faoliyatida omad va muvaffaqiyat tilaymiz!

Mahmud, hammasi uchun rahmat!» — deb yozadi “Andijon” matbuot xizmati.

Maʼlumot uchun, “Dinamo” RPLda 6 oʻyinda 9 ochko toʻplab, 7-oʻrinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Dinamo Mahachkala Dinamo Mahachkala
  • Rossiya Premer-ligasi Rossiya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar