«Andijon» himoyachisi Mahmud Mahamadjоnоv Maxachqal’aning «Dinamo» klubiga o‘tish arafasida. Bu haqda Sport24 nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, transfer qiymati 500 ming yevroni tashkil qiladi. Futbolchi allaqachon Maxachqal’aga yetib borgan va tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Tomonlar «Dinamo» bilan 3 yillik shartnoma imzolash masalasini muhokama qilmoqda. Ayni paytda klublar va futbolchining vakillari bitimning so‘nggi tafsilotlarini kelishishmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, 23 yoshli Mahamadjоnоv «Andijon» safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta assist qayd etgan.
Avvalroq «Rubin» Jahongir O‘rozov transferini e’lon qilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi