Turkiya Superligasi 3-turida «Bashakshehir» o‘z maydonida «Qosimposho»ni qabul qildi. Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi.
Bellashuvda dastlab Eldor Shomurodov 18-daqiqada hisobni ochdi. Biroq mehmonlar 81-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Eldor bellashuvni to‘liq o‘tkazdi. Fayzullayev esa tanaffusda zaxiraga olindi.
Bu natijadan so‘ng istanbulliklar ochkolari sonini 4 taga yetkazib, turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda. «Qosimposho» esa 5 ochko bilan 6-pog‘onada.
Turkiya Superligasi. 3-tur.
Bashakshehir — Qosimposho 1:1
Gollar: Shomurodov 18 – Diabate 81
Bashakshehir — Muhammed, Umar Ali, Emin, Opoku, Operi, Kemen (Ergun, 64), Umut, Olsen, SHOMURODOV, FAYZULLAYeV (Sari, 46), Bozok (Zelke, 73).
Turkiya. Shomurodov gol urgan bahsda «Bashakshehir» g‘alabani saqlab qola olmadi
Futbol
30 avgust, 16:22
Eldor bellashuvni to‘liq o‘tkazdi. Fayzullayev esa tanaffusda zaxiraga olindi.
Фото: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi