Live
13
O'zbek

Ulug‘bek Baqoyev: «Birinchi bo‘lim biroz zerikarli o‘tdi»

Eksklyuziv
30 avgust, 14:41
«So‘g‘diyona» ustozi «Jayxun»ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Ulug‘bek Baqoyev: «Birinchi bo‘lim biroz zerikarli o‘tdi»  
Фото: Сўғдиёна ПФК
30.08.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi So'g'diyona So'g'diyona 2 : 0 Jayxun Jayxun

Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi O‘zbekiston Kubogi nimchorak finalida pro liga vakili «Jayxun» jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. O‘yindan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev quyidagicha fikr bildirdi.

— Biz o‘yindan oldin yigitlarga har qanday raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerakligini aytgandik. Kim bilan o‘ynayotganimiz muhim emas — Pro-liga jamoasimi yoki Superliga jamoasimi, barcha raqibga hurmat bilan munosabatda bo‘lishimiz kerak.

Birinchi bo‘lim, aytish mumkinki, biroz zerikarli o‘tdi. To‘p nazorati bor edi, lekin darvoza tomon hujumlar deyarli bo‘lmadi. Ikkinchi bo‘limda esa... birinchi bo‘limning ikkinchi yarmidayoq zarbalar ham boshlandi va gol urdik. Ikkinchi taym ham, umuman olganda, xuddi shu ssenariy asosida o‘tdi. 2:0 hisobida g‘alaba qozondik va keyingi bosqichga yo‘l oldik. Yigitlarni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Endi O‘zbekiston chempionatining navbatdagi turiga tayyorgarlik ko‘ramiz.

— «Jayxun» jamoasi haqida ham bir-ikki og‘iz gapirsangiz. Yosh yigitlar...

— Ha, yosh va istiqbolli yigitlar. Ular harakat qilishyapti, berilgan ko‘rsatmalarni doimo bajarishga intilishadi. Buni bugungi o‘yinda ham ko‘rdik — murabbiy ko‘rsatmalarini bajarishdi, intizomli o‘ynashdi. Ayrim vaziyatlarda ular gol ham urishlari mumkin edi. Ayniqsa, uzoq masofadan yo‘llagan zarbalari xavfli bo‘ldi. Umuman olganda, bu yigitlar istiqbolli va ambisiyali. O‘ylaymanki, yaqin kelajakda ularning ayrimlari Superligada o‘ynaydi», - deya Baqoyevning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Jayxun Jayxun
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar