Live
13
O'zbek

O‘zbekiston kubogi. «So‘g‘diyona» «Jayxun»ni mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi

Futbol
30 avgust, 10:52
«So‘g‘diyona» 1/8 final bahsida «Jayxun»ni 2:0 hisobida taslim etdi.
O‘zbekiston kubogi. «So‘g‘diyona» «Jayxun»ni mag‘lub etib, chorakfinalga chiqdi
Foto: So'g'diyona FK
30.08.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi So'g'diyona So'g'diyona 2 : 0 Jayxun Jayxun

O‘zbekiston kubogining 1/8 final bosqichida «So‘g‘diyona» va «Jayxun» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Zomindagi «Zomin» stadionida o‘tkazilgan bellashuvda «So‘g‘diyona» 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Filip Ivanovich 33-daqiqada Petar Michinning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. 89-daqiqada esa Abdulazizxon Abdurashidov «So‘g‘diyona»ning ikkinchi golini kiritdi.

Shu tariqa, «So‘g‘diyona» O‘zbekiston kubogining chorakfinal bosqichiga yo‘l oldi.

O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
So‘g‘diyona - Jayxun 2:0
Gollar: Filip Ivanovich 33, Abdulazizxon Abdurashidov 89

So‘g‘diyona: Milan Mitrovich, Behruz Jumatov, Petar Michin, Zenan Zaymovich (Sardor Hoshimov, 84), Javohir Qahramonov, Filip Ivanovich, Lyupcho Doriyev, Xondamir Mustafoqulov (Abdulazizxon Abdurashidov, 46), Zabihillo O‘rinboyev (Ollobergan Karimov, 46), Samandarjon Mavlonqulov (Jamshid Boltaboyev, 56), Nodir Soyibov.
Jayxun: Xo‘jamberdi Shonazarov, Asadbek Mustafoqulov, Sardorbek Xidirboyev (Umidjon Karilov, 46), Asadbek Esemuratov, Rashid Arazov, Miyribek Qalmurzayev, Ag‘abek Ibraimov (Bahodir Sultamuratov, 87), Jasurbek Otajonov, Abdusalom Nuriddinov, Shukurjon Rustamjonov, Asadbek Jo‘raqulov.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Jayxun Jayxun
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar