Live
13
O'zbek

APL. «Chelsi» «Brayton»ni gollarga boy bahsda mag‘lub etdi

Futbol
30 avgust, 11:01
Londondagi «otishma»da Xabi Alonso jamoasi 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
APL. «Chelsi» «Brayton»ni gollarga boy bahsda mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
30.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Chelsi Chelsi 4 : 3 Brayton Brayton

Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Chelsi» o‘z maydonida «Brayton»ni qabul qildi. «Stemford Brij»dagi gollarga boy bellashuv mezbonlarning 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Romeo Laviya 4-daqiqada hisobni ochdi. 14-daqiqada Pedro Neto Morgan Rojersning uzatmasidan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. 32-daqiqada Joau Pedro «Chelsi»ning uchinchi golini urdi.

36-daqiqada Malik Yalkuye mehmonlarning javob golini kiritdi. 63-daqiqada Joau Pedro o‘z darvozasini ishg‘ol qilib, «Brayton»ning farqni qisqartirishiga yordam berdi. 74-daqiqada Koul Palmer Joau Pedroning uzatmasidan so‘ng «Chelsi»ga yana ikki to‘p farqida ustunlikni taqdim etdi. 90+6-daqiqada Paskal Gross yana bir gol urgan bo‘lsa-da, «Chelsi» g‘alabani saqlab qoldi.

APL. 2-tur
Chelsi - Brayton 4:3
Gollar: Laviya 4, Neto 14, Joau Pedro 32, Yalkuye 36, Joau Pedro (avtogol) 63, Palmer 74, Gross 90+6

Chelsi: Emiliano Martines, Uesli Fofana, Maksan Lakrua, Levi Kolvill, Pedro Neto, Malo Gyusto, Romeo Laviya, Yorrel Xato, Koul Palmer, Morgan Rojers, Joau Pedro.
Brayton: Bart Verbruggen, Mats Viffer, Luka Vushkovich, Lyuis Dunk, Olive Boskalyi, Paskal Gross, Ferdi Kadioglu, Diego Gomes, Malik Yalkuye, Maksim de Kuyper, Xaralambos Kostulas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Brayton Brayton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar