Live
6
O'zbek

«Tottenhem» Mudrikni «Chelsi»dan sotib olishi mumkin

Futbol
30 avgust, 05:50
London klubi ukrainalik vinger uchun «Lids» bilan raqobatlashadi.
«Tottenhem» Mudrikni «Chelsi»dan sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Ukrainalik vinger Mixail Mudrik yozgi transfer oynasida «Chelsi»ni tark etishi mumkin. Futbolchiga APLning boshqa klublaridan ham qiziqish bor.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Mudrikni «Tottenhem» o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. «Shporlar» ukrainalik futbolchi uchun avvalroq unga qiziqish bildirgan «Lids» bilan kurashadi.

25 yoshli vinger 2023 yil yanvarida «Shaxtyor»dan «Chelsi»ga o‘tgandi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyunigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Lids Lids
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar