«Chelsi» «Monako»ning markaziy yarimhimoyachisi Lamin Kamara transferi bo‘yicha muzokaralarda sezilarli progressga erishdi. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, London klubi 22 yoshli senegallik futbolchi transferini shu dam olish kunlari yakunlashga umid qilmoqda. Kamara «Monako»ning «Marsel»ga qarshi navbatdagi bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Kamara joriy mavsumda barcha turnirlarda 3 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt yarimhimoyachining transfer qiymatini 40 mln yevroga baholamoqda.