«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska murabbiylik faoliyatidagi eng faxrlanadigan davri haqida gapirar ekan, «Chelsi»dagi faoliyatini alohida tilga olmadi.
«Menimcha, bu qisqa davr juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. «Manchester Siti» murabbiylar shtabida bo‘lganimda treblni qo‘lga kiritdik. Keyin ketdim va «Lester» bilan chempionlikni nishonladik.
Shundan so‘ng boshqa klubga o‘tdim va u yerda ham nimanidir yutdik. So‘nggi to‘rt besh yil ichida omadim keldi, chunki qayerda bo‘lmay, sovrinlar qo‘lga kiritdik. Umid qilamanki, bu yerda ham xuddi shunday bo‘ladi», — dedi Mareska.
Ma’lumot uchun, Mareska 2024 yil yozidan 2026 yil yanvarigacha «Chelsi»ni boshqargan. U London klubi bilan Konferensiyalar Ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.