«Aston Villa» yangi hujumchisi Nikolas Jekson Londonning «Chelsi» klubidan birmingemliklar safiga o‘tganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men bu transferdan xursandman, «Aston Villa» — buyuk klub. Nihoyat bu yerga kelganimdan juda mamnunman.
Men ko‘p mehnat qilishga tayyorman. Klub va murabbiyimiz sharafi uchun kurashaman. Bu yerda imkon qadar ko‘p gol urishni xohlayman», — dedi hujumchi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Jekson Myunxenning «Bavariya» klubida ijara asosida harakat qildi. Senegallik forvard Germaniya jamoasi safida 11 marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shuningdek, Nikolas «Bavariya» bilan Bundesliga chempioni va Germaniya kubogi sohibi bo‘ldi.