«Milan» vingeri Rafael Leau «Galatasaroy»ga o‘tishi oldidan jamoa bilan xayrlashdi.
«Ha, hozir qiyin holatdaman. Jamoadoshlarim bilan 7 yil birga bo‘ldik va ular bilan xayrlashdim.
Ular mening o‘sishimga va «Milan» sharafini himoya qilish nimani anglatishini tushunishimga yordam berishdi. Lekin endi xayrlashish vaqti keldi.
Men boshqacha xayrlashishni istardim, balki so‘nggi marta «San Siro»da maydonga tushib, o‘sha yerda xayrlasharmidim. Men klub tarixida qolaman, chunki bu yerda nimalar qilganimni bilaman.
Hayot shunaqa: biz o‘rganamiz, xayrlashamiz. Biroq mening «Milan»ga bo‘lgan muhabbatim hech qachon so‘nmaydi.
Uzoqda bo‘lsam ham ularni doimo kuzatib boraman. O‘zim bilan chempionlik mavsumi haqidagi xotiralarni olib ketyapman, bu hayotim oxirigacha yodimda qoladigan lahzalar.
Ba’zida qaror qabul qilish kerak bo‘lgan paytlar keladi. «Milan» har doim «Milan» bo‘lib qoladi, jamoa va murabbiy juda yuqori saviyada.
Allegri — juda yaxshi va qat’iyatli murabbiy. U «Milan»ga yana g‘alaba qozonishni boshlashda yordam bera oladi. U jamoaga singdirayotgan futbol menga yoqadi.
«Milan»ga barcha ezgu tilaklarimni bildiraman. Doimo yonimda bo‘lgan muxlislarga rahmat aytaman. «Milan» g‘alaba qozonishda davom etadi», — dedi Leau.