Argentinaning «River Pleyt» klubida inqiroz davom etmoqda, Eduardo Kude jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Mutaxassis jamoa Sudamerikana kubogining 1/8 final bosqichida «Independiente Santa Fe»ni mag‘lub eta olmaganidan keyin iste’foga chiqdi.
Murabbiyning iste’fosiga olib kelgan omillar avgust oyi boshidayoq paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Kude lavozimiga yopishib olmasligini va klub uchun eng to‘g‘ri deb bilgan qarorni qabul qilishini aytgandi.
Derbyderbyderby.it ma’lum qilishicha, klub muxlislari Ramon Diasning qaytishini qat’iy talab qilmoqda. Biroq u klub rahbariyati tuzgan ehtimoliy nomzodlar ro‘yxatiga ham kiritilmagan.
Avvalroq Otamendi «River Pleyt» bilan shartnoma imzolagani ma’lum qilingan edi.