Bugun
112
O'zbek

Liga 1. «PSJ» superkambek evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Futbol
28 avgust, 17:05
Parij klubi 90+1 va 90+5-daqiqalarda «Lill» darvozasini ishg‘ol etib, mehmonda bir ochkoga ega bo‘ldi.
Liga 1. «PSJ» superkambek evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Фото: Getty Images
28.08.2026 FT Liga 1 Fransiya Lille Lille 2 : 2 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

Fransiya chempionatining 2-turining ilk uchrashuvi yakuniga yetdi. Unda «PSJ» mehmonda «Lill»ga qarshi bellashdi. Mezbonlar 21 va 84-daqiqalarda Safonov darvozasini ishg‘ol qildi. Parij klubi esa 90+1 va 90+5-daqiqalarda gollar evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Shunday qilib, «PSJ» ikki turdan so‘ng ochkolari sonini 2 taga yetkazib, turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. «Lill» esa 4 ochko bilan hozircha peshqadam.

Fransiya chempionati. 2-tur
Lill – PSJ 2:2
Gollar:
Xaraldsson 21, Bakva 84 - Vitinya 90+1, Markinos 90+5
Lill: Ozer, Santosh, Ngoy, Aleshandro, Perro, Andre (Mukau, 61), Bentaleb, Xaraldsson, Mbappe, Korreyra (Perrin, 61), Jiru.
PSJ: Safonov, Hakimiy, Markinos, Pacho, Ruiz (Din, 72), Zair-Emeri, Beraldo (Godts, 63), Akliush (Fernandes, 78), Vitinya, Torres, Due (Kvarasxeliya, 46).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar