Bugun
20
O'zbek

Dembele "Lill"ga qarshi 2-tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi

Futbol
26 avgust, 05:14
"PSJ" buning sababini ma'lum qildi.
Dembele "Lill"ga qarshi 2-tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Foto: Getty Images
28.08.2026, 14:45 Liga 1 Fransiya Lille Lille - : - Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

"PSJ" hujumchisi Usmon Dembele Fransiya Liga 1 chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Lill"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi.

Bellashuv 28-avgust kuni "Dekatlon Arena — Per-Morua" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fransiya klubi ma'lum qilishicha, bosh murabbiy Luis Enrike va sport direktori Luish Kampush bilan kelishilgan holda 29 yoshli futbolchi bir necha kun dam oladi. U 31-avgust, dushanba kuni jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytib, tayyorgarlikni davom ettiradi.

Fransiya chempionatining 1-turida "PSJ" "Renn" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Dembele bahsni asosiy tarkibda boshladi, natijali harakat amalga oshira olmadi va 46-daqiqada almashtirildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar