Luis Enrike «PSJ»ning Liga 1 doirasida «Lill» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganidan so‘ng uchrashuv haqida fikr bildirdi.
«So‘nggi uch yil davomida bu jamoaning o‘ziga xos jihati aynan shunda. Hamma bizning ishimiz tugadi deb o‘ylaganida ham o‘yin taqdirini o‘zgartira olamiz. Bu yoqimli va biz bundan mamnunmiz.
Bugun, menimcha, ko‘proq narsaga loyiq edik, ammo futbol shunaqa. Futbol adolatsiz bo‘lishi mumkin, gollar urish kerak. Menimcha, bu ochkoni qo‘lga kiritishga loyiq edik. Ikki o‘yinda ikki ochko kamdek tuyulishi mumkin. Ammo o‘tgan yili «Renn» va «Lill»ga qarshi natijalarni eslasak, xuddi shu ikki bahsda o‘shandagidan bir ochko ko‘proq jamg‘arganmiz.
Biz ijobiy kayfiyatni saqlashga harakat qilyapmiz. Albatta, yaxshiroq va yuqoriroq darajada o‘ynashimiz kerak. Ammo bugun jamoa so‘nggi daqiqagacha kurasha olishini ko‘rsatdi», — dedi «PSJ» bosh murabbiyi.