Bugun
45
O'zbek

«Barselona» va «Real» Manzambini diqqat bilan kuzatmoqda

Futbol
22 oktabr, 15:10
Futbolchining «Villa» bilan shartnomasi 2031-yil yozigacha amal qiladi.
«Barselona» va «Real» Manzambini diqqat bilan kuzatmoqda
Фото: Getty Images

«Barselona» va «Real» jamoalari «Aston Villa» yarim himoyachisi Yohan Manzambining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, La Liga grandlari shveysariyalik 21 yoshli futbolchining mavsum boshidagi ishonchli o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Manzambi o‘tgan yozda Germaniyaning «Frayburg» klubidan «Aston Villa» safiga qo‘shilgan edi. Mutaxassislar hozircha uning transfer qiymatini taxminan 65 million yevro atrofida baholamoqda.

Futbolchining «Villa» bilan shartnomasi 2031-yil yozigacha amal qiladi.

Yohan APL doirasida birmingemliklar tarkibida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.

Bugungi yangiliklar