«Manchester Yunayted» vingeri Markus Rashford klubdan ketishga shoshilmayapti.
28 yoshli futbolchiga Turkiyaning «Fenerbahche» klubi qiziqish bildirmoqda. Biroq Rashford Turkiya chempionatiga o‘tishga qiziqmayapti va katta ehtimol bilan «qizil iblislar» safida qoladi.
O‘tgan mavsumda angliyalik futbolchi «Barselona»da ijara asosida harakat qildi. Kataloniyaliklar esa yakunda uning transfer huquqini sotib olish imkoniyatidan foydalanmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Rashfordning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 40 million yevro deb baholanmoqda.
Avvalroq Markus APL klublaridan kelgan uchta taklifni rad etgani ma’lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi