Live
1
O'zbek

Reshford APL klublaridan kelgan uchta taklifni rad etdi

Futbol
18 avgust, 01:55
Ayni paytda futbolchi butun e'tiborini «MYU»ga qaratgan.
Reshford APL klublaridan kelgan uchta taklifni rad etdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford APL klublaridan kelgan uchta taklifni rad etdi.

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni ijara asosida «Barselona»da o'tkazib, jamoasiga qaytdi. Angliyalik futbolchi yana o'z tarbiya topgan klubini tark etishi kutilgandi, ammo unga taklif qilingan variantlarning hech biri ma'qul kelmadi.

Qayd etilishicha, Reshfordga ushbu transfer oynasi davomida APLning boshqa klublaridan uchta taklif kelib tushgan. Ayni paytda futbolchi butun e'tiborini «Manchester Yunayted»ga qaratgan va Angliya chempionatidagi boshqa jamoaga o'tishni istamayapti.

Ma'lumot o'rnida, Markusning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning narxini 40 million yevro deb baholamoqda.

Avvalroq Reshfordning yangi mavsum «Manchester Yunayted»da qaysi raqam ostida harakat qilishi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar