Bugun
14
O'zbek

«Beshiktosh» «MYU» sobiq futbolchisi Antonini transfer qilishga tayyor

Futbol
18 avgust, 05:41
Turk klubi Muhammad Saloh transferi amalga oshmagach, Antonini asosiy nishonlardan biriga aylantirgan.
«Beshiktosh» «MYU» sobiq futbolchisi Antonini transfer qilishga tayyor
Foto: Getty Images

«Beshiktosh» «Manchester Yunayted» sobiq vingeri Antoni transferini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Turkiyaning Fanatik nashri xabariga ko‘ra, Istanbul klubi braziliyalik futbolchini yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

«Beshiktosh» avval Muhammad Salohni qo‘lga kiritishga harakat qilgan, biroq misrlik futbolchi «Trabzonspor»ni tanlagan. Shu sababli turkiyaliklar hujum chizig‘iga katta tajribaga ega futbolchi olib kelishni istamoqda.

«Betis»dagi muvaffaqiyatli mavsum

Antoni 2022 yilda «Ayaks»dan «Manchester Yunayted»ga kamida 95 million yevro evaziga o‘tib, Amsterdam klubining o‘sha paytdagi rekord transferiga aylangandi. Biroq u Angliyada kutilgan natijani ko‘rsata olmadi va keyinchalik ijara asosida boshqa klubda to‘p tepdi.

O‘tgan yili braziliyalik futbolchi 22 million yevro evaziga «Betis»ga doimiy transfer qilingan.

Antoni Ispaniyadagi o‘tgan mavsumni samarali o‘tkazdi. U barcha turnirlarda 14 ta gol urib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shunga qaramay, «Betis» munosib taklif kelgan taqdirda futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekani aytilmoqda.

«Beshiktosh»ga raqobatchilar bor

«Beshiktosh» transferni amalga oshirishga jiddiy qiziqish bildirayotgan bo‘lsa-da, Antoni uchun Yevropaning kuchli beshlik ligalaridagi bir nechta klublar ham kurashmoqda. Ispaniya matbuoti ma’lumotlariga ko‘ra, bir qator jamoalar braziliyalik futbolchining holatini kuzatmoqda.

Ma’lumot uchun, Antonining hozirgi bozor qiymati taxminan 40 million yevroga baholanmoqda. Uning «Betis» bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Antoni «Manchester Yunayted» safida 2022 yildan 2025 yilgacha to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Besiktas Besiktas
  • Betis Betis
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar