Madridning «Real» klubi Eduardo Kamavinga bo‘yicha Angliya klublaridan keladigan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 23 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda. «Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinyo Kamavingani o‘z loyihasining asosiy futbolchilaridan biri sifatida ko‘rmayapti. Shu sababli klub yarimhimoyachi transferi bo‘yicha takliflarni tinglashga tayyor.
Kamavinganing holatini «Manchester Siti» ham kuzatmoqda.
Fransiyalik yarimhimoyachi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 43 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kamavinganing bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.