Live
6
O'zbek

«Roma» vinger uchun 40 mln yevrolik taklif yubordi

Futbol
16 avgust, 08:07
Italiya klubi «Lion» futbolchisi Malik Fofana transferini tez orada yakunlashni maqsad qilgan.
«Roma» vinger uchun 40 mln yevrolik taklif yubordi
Foto: Getty Images

«Roma» «Lion»ga vinger Malik Fofana transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda Tuttomercatoweb xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, rimliklar 21 yoshli futbolchi uchun 40 million yevro to‘lashga tayyor. Shuningdek, kelishuvda bonuslar ko‘rinishidagi qo‘shimcha to‘lovlar ham ko‘zda tutilgan. «Roma» yaqin vaqt ichida «Lion» bilan yakuniy kelishuvga erishishga umid qilmoqda.

Biroq Fofana uchun kurashda «Roma»ning raqibi ham bor. «Galatasaray» futbolchiga shaxsiy shartnoma bo‘yicha yanada qulayroq shartlarni taklif qilishga tayyor.

Fofana 2024 yil yanvaridan buyon «Lion» safida to‘p tepmoqda. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Lyon Lyon
Bugungi yangiliklar