«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Pep Gvardiola «Manchester Siti»ni tark etganidan keyin ham ushbu jamoa APLda «kanonirlar»ning asosiy raqiblaridan biri bo‘lib qolishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Bizning raqiblarimiz ko‘p bo‘ladi. Jamoalar tarkibi, murabbiylari va klublarning o‘zini hisobga olsak, bu shunday. Ammo biz buni baribir bilamiz.
Biz o‘zimizga e’tibor qaratishimiz va mavjud barcha imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanib, o‘zimizga eng yaxshi imkoniyatlarni yaratishimiz kerak. Keyin esa kunma-kun harakat qilamiz. Bu juda va juda uzoq yo‘l bo‘ladi», — dedi Arteta ESPN nashriga.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 16 avgust kuni «Arsenal» va «Manchester Siti» Angliya Superkubogi uchun bahsda maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.