Belgiya yarimhimoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Nitssa" 37 yoshli futbolchi bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Tomonlar bir mavsumlik shartnoma va uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Futbolchi esa dushanba kuni klub ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, Vitsel "Jirona"dan ketganidan so'ng erkin agent maqomida qolgan. O'tgan mavsumda u Ispaniya chempionatida 32 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.
Avvalroq "Nitssa" o'tish bahsida "Sent-Etien"ni yengib, Fransiya oliy divizionida qolani ma'lum qilingandi.