Fransiyada oʻtish bahsida "Nitsa" klubi "Sent-Etyen"ga qarshi oʻynadi.
Jamoalarning dastlabki bellashuvda hisob ochilmagandi. Javob bellashuvida esa mezbonlar 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Oʻyindagi ilk gol ikkinchi boʻlimning 62-daqiqasida "Nitsa" yarimhimoyachisi Jonatan Kloss tomonidan kiritildi. 79-daqiqada hozirda "Sent-Etyen" aʼzosi Zuriko Davitashvili penaltidan aniқ zarba yoʻllab, hisobni tenglashtirdi. Oradan ikki daqiqa oʻtib, 81-daqiqada hujumchi Kail Budash "Nitsa"ni yana oldinga olib chiqdi. 87-daqiqada Ele Vai mezbonlarning uchinchi goliga mualliflik qildi. Qo‘shimcha vaqtning 90+3-daqiqasida esa u dubl qayd etdi.
Shu tariqa, ikki oʻyin natijalariga koʻra "Nitsa" gʻalaba qozonib, kelasi mavsumda ham Fransiya yuqori divizionida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Fransiya chempionati. O‘tish bahsi
Nitsa – Sent-Etyen 4:1
Gollar: Kloss 62, Budash 81, Van 87, 90+3 – Davitashvili 79 penalti.