«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr hozirda «Milan»ni boshqarayotgan sobiq murabbiy Ruben Amorim haqida iliq fikr bildirdi.
«Amorimni ko‘rganim yaxshi bo‘ldi. U ajoyib murabbiy. Men u haqida yomon gap ayta olmayman. Shunchaki, «MYU»da uning ishida hammasi o‘xshamadi. Ammo hozir u katta klubni boshqarmoqda. Men «Milan»ni kuzatib boraman va ularga ajoyib mavsum o‘tkazishlarini tilayman», — dedi Maguayr bahsdan so‘ng.
Eslatib o‘tamiz, Amorim yaqinda sobiq jamoasiga qarshi «Milan» bosh murabbiyi sifatida maydonga tushdi. O‘rtoqlik bahsida italiyaliklar «Manchester Yunayted»ni 4:2 hisobida mag‘lub etdi.