«Barselona» Rodri transferini yaqin kunlarda yakunlashni maqsad qilmoqda. Bu haqda Cadena SER xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar transfer bo‘yicha yakuniy kelishuvga yaqinlashgan. «Barselona» «Manchester Siti» bilan avvalgi ikki muzokara muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng taklifini oshirgan.
30 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachining o‘zi «Barselona»ga o‘tishga qat’iy qaror qilgan. Futbolchining pozitsiyasi ham muzokaralarning oldinga siljishiga yordam bermoqda.
Kelishuvni yakshanba yoki dushanba kuni yakunlash kutilmoqda. «Barselona» Rodri 19 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Joan Gamper kubogi bahsida yangi jamoasi safida bo‘lishiga umid qilmoqda.