«Borussiya Dortmund» PSV yarimhimoyachisi Joui Virman transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Tomonlar 21,5 million yevrolik transfer bo‘yicha kelishib oldi. Virman «Borussiya Dortmund» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Futbolchi ertaga tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng transferni rasman yakunlash kutilmoqda.
Virman 2022 yildan buyon PSV safida to‘p tepib kelayotgandi. Endi 27 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini Bundesliga klubida davom ettiradi.