Bugun, 16 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun «Arsenal» va «Manchester Siti» o‘rtasida bahs bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Tahlilchilariga ko‘ra, asosiy vaqtda «Arsenal»ning g‘alaba qozonish ehtimoli 35,6 foizni tashkil etadi. «Manchester Siti»ning ham asosiy vaqtdagi g‘alaba ehtimoli 35,6 foizga baholangan. Bahsning 90 daqiqadan so‘ng durang bilan yakunlanish ehtimoli esa 28,8 foiz.
Qo‘shimcha vaqt va penaltilar seriyasi hisobga olingan yakuniy g‘alaba ehtimolida esa jamoalar teng — har ikki klub uchun 50 foizdan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» o‘tgan mavsum APL chempionligini qo‘lga kiritgan, «Manchester Siti» esa kubok bahslarida g'alaba qozongan edi. Shu bilan birga, «shaharliklar» yozda bosh murabbiyini almashtirgandi.