16-avgust kuni Filadelfiyada (AQSH) aralash yakkakurashlar bo‘yicha UFC 330 turniri bo‘lib o‘tdi. Turnir «Ixfinity Mobile» arenasida o‘tkazildi. Kechaning asosiy jangida yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi chempion Islom Maxachev irlandiyalik da’vogar Ian Gerriga qarshi chempionlik unvonini himoya qildi.
Jang barcha besh raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan Maxachevning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bu jangdan so‘ng Maxachev hisobida 29 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat mavjud. Rossiyalik jangchi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan UFC 322 musobaqadagi so‘nggi jangida avstraliyalik Jek Della Maddalenani mag‘lub etgandi. Ian Gerrining MMA’dagi hisobida esa 17 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyat bor.
Eslatib o‘tamiz, oqshomining ikkinchi asosiy to‘qnashuvida minimal vazn toifasi chempioni, asli braziliyalik bo‘lgan amerikalik Makkenzi Dern reytingda 5-o‘rinni egallab turgan kanadalik Jillian Robertsonga qarshi jangda o‘z unvonini himoya qildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi