«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoaning ukrainalik darvozaboni Andrey Luninga ko‘proq o‘yin amaliyoti taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ispaniyaning OK Diario nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, belgiyalik Tibo Kurtua hamon «qirollik klubi»ning birinchi raqamli darvozaboni maqomini saqlab qolmoqda. Shunga qaramay, portugaliyalik mutaxassis Luninning mashg‘ulotlardagi fidoyiligidan hayratda qolgan va unga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berish niyatida.
Qayd etish lozim, 27 yoshli ukrainalik kiper Ispaniya kubogi va mamlakat superkubogi uchrashuvlarida kafolatlangan o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Shuningdek, u Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ayrim bahslarida asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.
Ma’lumot o‘rnida, Lunin ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida faqat bir marta maydonga tushdi. Darvozabon «Barselona»ga qarshi uchrashuvda bir qator seyvlarni amalga oshirib, jamoasining g‘alabasi (2:1)ga hissa qo‘shgan edi.