Live
9
O'zbek

«Chelsi» Ngumoa ketganidan so‘ng «Liverpul» skautlariga akademiya o‘yinlariga kirishni taqiqladi

Futbol
31 oktabr, 06:00
London klubi yangi tartiblarni joriy etmoqda.
«Chelsi» Ngumoa ketganidan so‘ng «Liverpul» skautlariga akademiya o‘yinlariga kirishni taqiqladi
Foto: Getty Images

The Telegraph nashrining xabar berishicha, «Chelsi» rahbariyati «Liverpul» skautlariga klub akademiyasi jamoalari ishtirokidagi bahslarga kirishni taqiqladi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar bunday qarorga o‘z tizimining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri — 18 yoshli vinger Rio Ngumoa «Liverpul» safiga o‘tganidan so‘ng kelgan. «Chelsi» raqib klubning ushbu harakatini iqtidorli futbolchini agressiv tarzda o‘z tomoniga og‘dirish deb baholagan.

Natijada «qizillar»ning seleksiya bo‘limi vakillari «Chelsi»ning barcha o‘smirlar va yoshlar jamoalari bahslari uchun akkreditatsiyadan mahrum qilingan.

Ma’lumot uchun, Rio Ngumoa «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yosh vinger joriy mavsumda Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli driblinglar soni bo‘yicha barcha futbolchilardan o‘zib ketgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar