«Milan» hujumchisi Kristofor Nkunku «Barselona»ga taklif qilindi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yangi hujumchi izlayotgan kataloniyaliklar 28 yoshli futbolchi variantini o‘rganmoqda. «Barselona» sport direktori Dekuning fikricha, Nkunku transfer oynasi yakunida klub uchun nisbatan arzon yechim bo‘lishi mumkin.
«Milan» fransiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. Nkunku o‘tgan mavsumda jamoa safida 8 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, Nkunku 2025 yil avgust oyining oxirida «Chelsi»dan «Milan»ga o‘tgandi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.