"Real", "Manchester City", "Chelsi" va "Tottenhem" shu yozda "Liverpul" yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterga qiziqish bildirgan. Bu haqida Caught Offside xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, mersisaydliklar futbolchini jamoada saqlab qolmoqchi. Shu bois, klub yil oxirida u bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.
27 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo'ljallangan. Qayd etish lozim, hozirda "qizillar" Mak Allister uchun 100 million yevro miqdorida narx belgilagan.
Avvalroq "Liverpul" Arauho transferini e'lon qilgandi.