Live
5
O'zbek

«Everton» «Chelsi» hujumchisi uchun kurashda peshqadam

Futbol
16 avgust, 07:39
Liverpulliklar 23 yoshli forvard transferi bo‘yicha muzokaralarni allaqachon boshlagan.
«Everton» «Chelsi» hujumchisi uchun kurashda peshqadam
Foto: Getty Images

«Chelsi» hujumchisi Liam Delap faoliyatini «Everton»da davom ettirishi mumkin. TEAMtalk xabariga ko‘ra, Liverpul klubi 23 yoshli futbolchi transferi bo‘yicha London jamoasi bilan muzokaralar o‘tkazgan.

«Chelsi» Delapni atigi bir yil avval xarid qilgan bo‘lsa-da, futbolchini sotishga tayyor. «Ko‘klar» forvard uchun 46,8 million yevro talab qilmoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda Delap transferi uchun kurashda «Everton» peshqadam. Biroq «Manchester Yunayted», «Nottingem Forest» va «Nyukasl» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Delap o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Everton Everton
Bugungi yangiliklar