Toshkent ilk bor mezbonlik qiladigan suzish boʻyicha Jahon kubogi bosqichiga oz fursat qolmoqda. 8-10-oktyabr kunlari tashkil qilinadigan turnirda 40 mamlakatdan 230 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib boradi.
Xorijlik taniqli suzuvchilar orasida Kameron Makevoy (Avstraliya), Shivon Goxi (Gonkong), Yiting Yu (Xitoy), Yevgeniya Chikunova, Yuliya Yefimova (ikkalasi ham Rossiya), Olimpiada hamda dunyo birinchiligining gʻolib va sovrindorlari, jahon rekordchilarining borligi bellashuvlar katta raqobat ostida kechishi kutilayotganini anglatadi.
Musobaqa davomida terma jamoa sharafini 51 nafar sportchi himoya qiladi. Ular orasida Eldor Usmonov, Ilya Sibirsev, Xurshidjon Tursunov, Anastasiya Zelinskaya kabi taniqli sportchilar ham bor. Bellashuvlar “Olimpiya shaharchasi”dagi suv sporti saroyida tashkil etiladi.
Suzish: Toshkentdagi Jahon kubogi bosqichida Olimpiada va dunyo birinchiligi chempionlari qatanashadi
Boshqalar
6 oktabr, 11:44
Musobaqa davomida terma jamoa sharafini 51 nafar sportchi himoya qiladi.
Фото: Olympic.uz