«Chelsi» «Liverpul» yarimhimoyachisi Aleksis Mak Allisterni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
London klubining argentinalik futbolchiga qiziqishi Enzo Fernandesning «Manchester Siti»ga o‘tishi bilan bog‘liq. «Chelsi» rahbariyati yarimhimoya chizig‘ida yuzaga keladigan bo‘shliqni Mak Allister bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. Biroq futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangani sababli dastlab mersisaydliklar bilan kelishuvga erishish talab etiladi.
Qolaversa, Mak Allister «Liverpul»ning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Argentina milliy jamoasi a’zosi markaziy yarimhimoyaning turli pozitsiyalarida harakat qila olishi bilan ajralib turadi.
Ma’lumot o‘rnida, uning ayni paytda Transfermarkt portalidagi transfer qiymati 70 million yevroga baholanmoqda.