«Roma», «Yuventus», «Barselona» va SSKA klublarida to‘p tepgan sobiq yarim himoyachi Miralem Pyanich sobiq jamoadoshlari Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
«Messi va Ronaldu hali ham Franchesko Tottidan biroz ustun. Lekin birinchi o‘ringa Messini qo‘yaman.
U bilan bir yil birga o‘ynadim va mashg‘ulotlarda unda hamma narsa xuddi Xudoning in’omidek tabiiy chiqishi meni hayratga solardi. U biz buzib qo‘yishimiz mumkin bo‘lgan barcha narsani to‘g‘rilab qo‘yardi.
Ronaldu bilan «Yuventus»da ikki yil birga o‘tkazdik. Barcha yosh futbolchilar undan o‘rnak olishlari kerak. Ba’zida uning ham xatoga yo‘l qo‘yganini ko‘rish mumkin edi, ammo u hech qachon taslim bo‘lmasdi.
U bilan birga Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lmaganimdan afsusdaman, chunki o‘sha jamoada bu sovrinni qo‘lga kiritish uchun yetarlicha salohiyat bor edi», — deya Miralemning so‘zlarini keltiradi Juventusnews24 nashri.
Avvalroq Pyanich professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ma’lum qilgandi.