Bosniyalik yarimhimoyachi Miralem Pyanich professional futbolchilik faoliyatiga yakun yasaganini ma’lum qildi. Tuttosport nashri keltirgan intervyuda 35 yoshli futbolchi endi futbol o‘ynamasligini aytdi.
«Endi o‘ynamayman. Karyeram yakunlandi. Hozir Dubayda yashayman va futbol bilan shug‘ullanmayman. Kichkina o‘g‘limning tarbiyasi men uchun eng ustuvor masala», — dedi Pyanich.
Pyanich faoliyati davomida «Mets», «Lion», «Roma», «Yuventus», «Barselona», «Beshiktosh» va «Sharja» kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Bosniyalik futbolchi faoliyati davomida 12 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.