O‘zbekiston milliy jamoasida debyut qilgan OKMK hujumchisi Aziz Xolmurodov Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Assalomu alaykum avvalambor. Bugun Janubiy Koreyaga yetib keldik. Koreyaliklarga qarshi maydonga tushib, yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.
Milliy jamoada o‘ynash — men uchun orzu bo‘lgan. Xudoga shukr, yetib oldik shu yergacha ham. Endi debyut... Debyutga keladigan bo‘lsak, yaxshi qo‘shilib ketdim deb o‘ylayman.
Xudo xohlasa, undan keyin ham yaxshi o‘yinlar ko‘rsatishga, muxlislarga yoqishga va doimiy chaqiruv olishga harakat qilamiz», — dedi Xolmurodov.
Ma’lumot o‘rnida, bugun, 4 oktabr kuni O‘zbekiston milliy jamoasi Janubiy Koreyaga yetib bordi. Jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa 6 oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq o‘rtoqlik o‘yini doirasida Urugvay Janubiy Koreyani yirik hisobda tor-mor etgani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi