Janubiy Koreya va Urugvay milliy jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik bahsida urugvayliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
13-daqiqada Darvin Nunes hisobni ochdi. 27-daqiqada Giorgian de Arraskaeta Urugvayning ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘lim yakunida Gilyermo Varela hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.
62-daqiqada Nunes yana bir bor gol urib, dublini rasmiylashtirdi. Janubiy Koreya 80-daqiqada Li Kang Inning goli evaziga javob qaytardi.
Natijada Urugvay 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Janubiy Koreya 2-oktabr kuni Venesuelaga, Urugvay esa 6-oktabr kuni Hindistonga qarshi nazorat bahsida maydonga tushadi.
O‘rtoqlik bahsi
Janubiy Koreya — Urugvay 1:4
Gollar: Nunes 13, de Arraskaeta 27, Varela 43, Nunes 62, Li Kang In 80.
Janubiy Koreya: Kim Son-Gyu, Yun Vu Son, Li Xan-Beom, Kim Min-Jje, Li Te-Sok, Li Kang In, Kim Bonsu, Li Chje-Son, Xvan Xi-Chan, O Hyun-Gyu, Son Xyon Min.
Urugvay: Fermarin, Pikeres, Olivera, Arauxo, Varela, Bentankur, Torreira, Arauxo, de Arraskaeta, Rodriges, Nunes.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi