O‘zbekiston U-20 milliy jamoasi «Mirabror Usmonov kubogi-2026» turniri doirasida Saudiya Arabistoni U-20 jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
«Milliy futbol markazi»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O‘zbekiston yoshlar jamoasi safida Behruz Abdusattorov va Sadriddin Hasanov gol muallifi bo‘ldi.
Abdussattorov 42-daqiqada belgilangan penal’tini aniq amalga oshirib, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Hasanov esa uchrashuvning 70-daqiqasida jamoamizning ikkinchi golini kiritdi.
Asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagani sababli jamoalar penaltilar seriyasida kuch sinashdi. Unda O‘zbekiston U-20 futbolchilari raqibdan 4:1 hisobida ustun kelib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi.
Shu tariqa, Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 milliy jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahsni penaltilar seriyasidagi g‘alaba bilan yakunladi.
Mirabror Usmonov kubogi-2026
O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni 2:2 (pen.ser 4:1)
4 oktabr. 2-tur. 17:00
Milliy futbol markazi
Gollar: Abdussattorov 42 (pen), Hasanov 70.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi