Live
4
O'zbek

Nazorat bahsi. «Navbahor» «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi

Futbol
4 oktabr, 09:38
Qibraydagi bahsda namanganliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Nazorat bahsi. «Navbahor» «Lokomotiv»ni mag‘lub etdi
Foto: Lokomotiv PFK

Bugun, 4-oktyabr kuni Qibraydagi stadionda «Lokomotiv» va «Navbahor» jamoalari o‘rtasida nazorat bahsi o‘tkazildi.

«Lokomotiv» 16-daqiqada Suhrob Nurulloyevning goli evaziga hisobni ochdi. 26-daqiqada Muhammadqodir Hamraliyev muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunida Jasur Yaxshiboyev «Lokomotiv»ni yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda Yaxshiboyev 59-daqiqada o‘zining ikkinchi golini urib, mezbonlarning ustunligini 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq «Navbahor» yakunda ajoyib kambek amalga oshirdi.

76-daqiqada Asad Rahimjonov hisobni qisqartirdi. 85-daqiqada Jasur Jaloliddinov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. 89-daqiqada Anasxon Kamolov «Navbahor»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Nazorat bahsi
Lokomotiv — Navbahor 3:4
Gollar: Nurulloyev 16, Hamraliyev 26, Yaxshiboyev 45, Yaxshiboyev 59, Rahimjonov 76, Jaloliddinov 85-pen, Kamolov 89.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
Bugungi yangiliklar