Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari aniqlandi.
Kamoliddin Tojiyev boshchiligidagi «Paxtakor» 3 ta bahsning barchasida g‘alaba qozonib, 8:2 to‘plar nisbatini qayd etdi.
Ro‘ziqul Berdiyevning «Nasaf»i ham 3 ta bahsda 3 ta g‘alaba qayd etdi. Qarshiliklar ushbu o‘yinlarda 13 ta gol urib, 3 ta gol o‘tkazib yubordi.
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi «OKMK» 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan bo‘lsa, Timur Kapadze boshchiligidagi «Navbahor» 2 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etdi.
Anvar G‘ofurov boshqaruvidagi «Surxon» esa sentabr oyida 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etdi.
