Bugun
23
O'zbek

O‘rtoqlik bahsi. «Dinamo» 10 kishi bo‘lib «Surxon»ni mag‘lub etdi

Futbol
28 sentabr, 09:16
Samarqandliklar Toshkentdagi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘rtoqlik bahsi. «Dinamo» 10 kishi bo‘lib «Surxon»ni mag‘lub etdi
Foto: Dinamo Samarqand

FIFA kunlari sababli Superligadagi tanaffusdan foydalangan «Dinamo» Toshkentda «Surxon»ga qarshi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Amadu Dumbuya yakkama-yakka vaziyatdan unumli foydalanib, «Dinamo»ni oldinga olib chiqdi — 1:0.

75-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Tigran Avanesyan ikkinchi bor ogohlantirilib, chetlatildi. Shunga qaramay, «Surxon» 76-daqiqada Farhodbek Solihjonovning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Biroq maydonda bir kishi kam bo‘lib turgan «Dinamo» yakunda g‘alaba golini urdi. 89-daqiqada U21 jamoasi hujumchisi Rahmatullo Izzatullayev raqib darvozasini ishg‘ol qilib, samarqandliklarga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

O‘rtoqlik bahsi. Toshkent
Dinamo — Surxon 2:1
Gollar: Dumbuya 50, Izzatullayev 89 — Solihjonov 76.

Dinamo: Karimov, Mustafoyev, Jumaboyev, Abdullayev, Radayev, Xudoyberdiyev, Hayderovich, To‘xtasinov, Dumbuya, Haydarov, Hojimirzayev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Stanoyevich, Zokirov, Abdusalomov, Obloqulov, Avanesyan, Yo‘ldoshev, Seytveliyev, Izzatullayev, Qo‘ldoshev.

Chetlatish: Avanesyan 75.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
  • Surxon Surxon
Bugungi yangiliklar