Belgiyalik himoyachi Vout Fas faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.
28 yoshli futbolchi Angliya uchinchi divizioniga tushib ketgan «Lester»ni tark etib, «Shabab Al Ahli» klubi safiga qo‘shildi.
Dubay klubi bilan shartnoma 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fas o‘tgan mavsumda «Monako»da ijara asosida harakat qilib, Liga 1da 14 ta bahsda maydonga tushgandi.
Himoyachi faoliyati davomida «Reyms», «Ostende» va «Herenven» jamoalarida ham harakat qilgan.