Olimpiada yakunlariga ko‘ra, 2700 Club, ya’ni elita shaxmatchilar orasida eng katta live reyting o‘sishi Nodirbek Yakubboyevda — +26,7 Elo. Uning live reytingi 2711,7 ga yetdi.
Nodirbek Abdusattorov +17,5 Elo bilan ro‘yxatda 2-o‘rinda, live reytingi esa 2779,5.
Javohir Sindorov ham Top-10da — +3,5 Elo va 2781,5 live reyting.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston-1 jamoasi Samarqandda oʻtkazilgan 46-Butunjahon shaxmat Olimpiadasida chempionlikni qoʻlga kiritib, dunyoda ikkinchi bor tengsiz boʻldi.