Bugun Superligada 22-tur yakuniga yetdi. Turning so‘nggi uchrashuvi Urganchda «Xorazm» va «Qizilqum» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda navoiyliklar mehmonda 3:1 hisobidagi juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin «Qizilqum» bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni aytdi:
- O‘yin haqida nima deyish mumkin? Bugun, albatta, g‘alaba qozondik. Bundan juda xursandman. Uch ochko, aytganlaridek, oltinga teng.
Yigitlarga vazifa qo‘yilgan edi va ular bu vazifani bajarishdi. O‘zlariga yuklatilgan funksiya va majburiyatlarni bajarishdi, bu o‘yinning ahamiyatini ham yaxshi tushunishdi. Men ulardan xursandman.
Yana bir bor yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman, ularni g‘alaba bilan tabriklayman. Shuncha kilometr yo‘l bosib, bizga yordam berish va qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga ham rahmat aytmoqchiman. Barchani ushbu g‘alaba bilan tabriklayman», - deya Saidovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.