Superliganing 22-turida Zominda OKMK klubi mezbonlar – «So‘g‘diyona»ga qarshi uchrashuvda iroda ko‘rsatdi va safarda 2:1 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
- Haqiqatan qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Bir-biriga munosib, kurashadigan va chiroyli o‘yin ko‘rsatadigan jamoalar bellashdi. Birinchi bo‘limda standartdan gol o‘tkazib yubordik. «So‘g‘diyona» jamoasi xatomizni kechirgani yo‘q.
Ikkinchi bo‘limda yigitlar o‘zlarida kuch topishdi, o‘yin tizginini o‘z qo‘limizga olib, haqli ravishda g‘alaba qozondik. O‘ylaymanki, muxlislar chiroyli o‘yinning guvohi bo‘lishdi. Fursatdan foydalanib, Olmaliqdan kelib jamoamizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Futbolchilarimiz oxirigacha kurashishdi va uch ochkoga ega bo‘ldik.
Endi milliy jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘ladi, o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan qisqa ta’tilga chiqdik, yaxshi kayfiyatda. Bu yog‘iga keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ramiz», - deya Mirjalol Qushoqovichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Mirjalol Qosimov: «Ikkinchi bo‘limda o‘yin tizginini qo‘lga oldik va haqli ravishda g‘alaba qozondik»
Eksklyuziv
20 sentabr, 16:07
OKMK ustozi «So‘g‘diyona»ga qarshi bahsdan so‘ng fikrlarini bildirdi.
Фото: ОКМК
20.09.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
So'g'diyona
1
:
2
ОКМК